Quvurli tizimlarda harakatlanadigan simsiz robot yaratildi

Cover Image for Quvurli tizimlarda harakatlanadigan simsiz robot yaratildi

Maks Plank intellektual tizimlar instituti, Harbin texnologiya instituti hamda Gonkong fan va texnologiya universiteti tadqiqotchilari tomonidan tashqi quvvat manbalariga tayanmasdan quvurlar va quvurli tuzilmalar orqali harakatlanadigan yangi simsiz robot ishlab chiqildi.

Mazkur robot quvvat modeli, ikki qatlamli vites qutisi va murakkab quvurlarda harakatlanish uchun mo’ljallangan kirigami g’ildirak kabi komponentlarni o’z ichiga oladi.

Xususan, tadqiqotchilarning bergan ma’lumotiga ko’ra, ushbu robot sinov mashg’ulotlari jarayonida yuqori samaradorlikni qayd etgan.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, ushbu robot quvurlarga zarar yetkazishni kamaytirish bilan birga murakkab texnik muammolarni samarali bartaraf etishga yordam berishi mumkin.