Asosiy Fanlar instituti ( Institute for Basic Science) tadqiqotchilari qushlarning ko’zidan ilhomlangan holda yangi kamera ishlab chiqdi.
“Barchamizga ma’lumki, qushlarning ko’zi o’ljani bir necha kilometr uzoqlikdan aniq ko’ra oladi. Shuningdek, ular inson ko’zi ko’ra olmaydigan ultrabinafsha nurlarini ham ko’rish imkoniyatiga ega. Biz xuddi shu imkoniyatlardan ilhomlangan holda mazkur kamerani ishlab chiqdik” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Dae-Xyon.
Ushbu kamera yengil va tejamkor bo’lib, boshqa kameralarga qaraganda ko’proq tasvirlarni aniqlay oladi. Shuningdek, tadqiqotchilar mazkur kamerani qushlar yashaydigan muhitda, robotlar va avtonom transport vositalari kabi obyektlarni kuzatishda foydalanishni rejalashtirgan.
Rustamjonova Marjona tayyorladi.