Kembrij universiteti tadqiqotchilari tomonidan qo’shimcha yordamchi barmoq ishlab chiqildi.
Ushbu texnologiya baxtsiz hodisa oqibatida qo’l barmog’idan ayrilgan bemorlarga murakkab vazifalarni bajarishga yordam beradi.
Tadqiqot guruhi mazkur yordamchi barmoqni 3 yoshdan 96 yoshgacha bo’lgan insonlar o’rtasida sinovdan o’tkazdi. Natijada, 98% foydalanuvchilar ushbu texnologiya yordamida obyektlarni boshqarishga muvaffaq bo’ldi.
Tadqiqotchi Tamar Makinning fikricha, ushbu tadqiqot kelgusida texnologiya sohasidagi yangi imkoniyatlarni ochib berishga xizmat qiladi.
Rustamjonova Marjona tayyorladi.