Bugungi kunda qishloq xo’jaligi sohasida aqlli texnologiya loyihalarini jadal rivojlanish borasida qator izlanishlar olib borilmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, dunyo aholisining soni ortib bormoqda, 2050-yilga kelib sayyoramizda taxminan 9,9 milliard kishi yashaydi va oziq-ovqatga bo’lgan talab bu vaqt ichida 35% – 56% ga o’sishi kutilmoqda. Ushbu ehtiyojlarni qondirish, qishloq xo’jaligi faoliyatini turli xil talafotlardan himoya qilish uchun sun’iy intellekt texnologiyalari kerak bo’ladi.
Forbes maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilga borib “aqlli” qishloq xoʻjaligiga, jumladan sunʼiy intellekt va mashinalarni oʻrganishga doir xarajatlar uch baravar koʻpayib, 15,3 milliard dollarni tashkil etadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qishloq xo’jaligida sun’iy intellekt bozor hajmi 20%, yillik o’sish sur’atini (CAGR) 2026-yilga kelib 2,5 milliard dollarga yetishini kutilmoqda.
SI tizimi qo’llaniladigan 8 ta qishloq xo’jaligi sohasi:
1. Ekinlar va tuproq monitoringi;
- Hasharotlar va o’simliklar kasalliklarini aniqlash;
- Chorvachilikni monitoring qilish;
- Ekin maydonlariga ozuqalarni taqsimlanishi;
- Begona o’tlarni aniqlash;
- Muhitni o’rganish va tasvirlash;
- Baholash va saralashni ishlab chiqarish;
- SI muhandislari sifatida fermerlar.