Qanday qilib Jorj Bayronning qizi dunyodagi birinchi ayol dasturchiga aylandi?

Cover Image for Qanday qilib Jorj Bayronning qizi dunyodagi birinchi ayol dasturchiga aylandi?

Ada Lavleysning ismi o’limidan yuz yil o’tib, ma’lum bo’ldi. Bugungi kunda darsliklarda birinchi dasturchi ayolning hayoti haqidagi maʼlumotlar juda kam yoritilgan. Maʼlumot oʼrnida aytish joizki, mudofaa dasturlarida ishlatiladigan Ada dasturlash tili hozir uning nomi bilan atalgan.

Tarixiy manbalarda keltirilishiga ko’ra Ada Lavleys shoir Jorj Bayronning qonuniy qizi hisoblanadi. Adaning onasi qizi o’zining g’ayrioddiyligi va she’riyatga muhabbati boʻlgani uchun otasining yoʻlidan borishidan qo’rqar edi. Ammo, Ada oʻzini matematika ilmini oʻrganishga bagʻishlandi.

17 yoshida birinchi kompyuter yaratuvchisi Charlz Bebbij bilan do’st tutinadi hamda, ustoz sifatida undan kompyuter saboqlarini oʻrgana boshlaydi. Kunlarning birida Charlz grafinya Loveleysdan italiyalik olim Bebbajning eslatmalarini tarjima qilib sharhlar berib borishini so‘radi. Ada nafaqat matnni mohirlik bilan tarjima qildi, balki o’zining tahlillarini kiritishga bir yildan ortiq vaqt sarfladi. Shundan so’ng mazkur qo’llanma AAL qisqartmasida 50 sahifadan ortiq qog’ozda chop etildi. Tarixchilarning yozishicha, lmiy jamoatchilik Ada Lavleysni aynan shu 50 sahifali xotirobod qo’llanma bilan eslab qolgan.

Ada oddiy hayot kechirgan zamonasida Charlz Dikkens, Maykl Faraday kabi taniqli shaxslar bilan do’st bo’lgan. Ma’lumotlarga ko’ra Ada Lavleys 36 yoshida saraton kasalligidan vafot etgan.