“Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar – korrupsiyani yo‘q qilishga intilmagan rahbar”, dedi Prezident.
Joriy yilning o‘zida mamlakatimizda:
– ta’lim, bank, moliya, bojxona, qishloq xo‘jaligi, geologiya, kadastr kabi sohalarni raqamli transformatsiya qilish doirasida 100 ta dasturiy loyiha ishlab chiqildi;
– 500 dan ziyod yangi IT kompaniyalari tashkil etilib, sohaga 475 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kirib keldi;
– yil yakuni bilan IT xizmatlari hajmi 10 trillion so‘mga yetishi (2022 yilga nisbatan – 1,5 barobar ko‘p), eksporti esa 300 million dollardan oshishi (2 barobar) kutilmoqda.
Lekin sohani yanada rivojlantirib, xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha qilinadigan ishlar hali juda ko‘p, dedi Prezident.