Ushbu tanlovda butun dunyodan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar qatnasha oladi. Tanlovda quyidagilarni o‘rganishingiz mumkin:
➡️ Mobil ilovalarni ishlab chiqish;
➡️ Biznes-reja yozish va ijtimoiy startaplarni ishga tushirish;
➡️ Sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish;
➡️ Video tasvirga olish;
➡️ Loyiha taqdimotini tayyorlash va omma oldida chiqish qilish;
➡️ BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari haqida bilib olish;
➡️ O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda IT-kompaniyalarda muvaffaqiyatli ishlayotgan qizlar bilan tanishish.
Tanlovda qatnashish uchun Technovation Girls saytida ro‘yxatdan o‘ting va sayt taqdim etayotgan ma’lumotlar asosida belgilangan topshiriqlarni bajarishni boshlang: https://my.technovationchallenge.org/