O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining 32 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

Cover Image for O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining 32 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining 32 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

“Bayrog’imiz-faxrimiz” nomli ushbu tadbirni institut direktori Anvarxodja Kadirov ochib berdi. Shuningdek, tadbirda institut xodimlari faol ishtirok etdi. Xususan, so’zga chiqqanlar Davlat ramzlari jumladan O’zbekiston bayrog’ining muqaddasligi haqida fikr yuritar ekan uning mamlakatimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tdilar.