Otabek Usmonov Muzaffarovich

Cover Image for Otabek Usmonov Muzaffarovich

Otabek Usmonov Muzaffarovich 2002-yil 27-avgustda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tavallud topgan. 2022-yildan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi. 2023-yildan Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti AKT startaplarini boshqarish bo‘limi mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

2019-yilda o‘tkazilgan “Navoiyxonlik” Respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi.

2020-yilda Shahrisabz tumanidagi 57-sonli umumiy-o’rta ta’lim maktabini “Oltin medal” bilan tamomlagan. Respublika fan olimpiadalarining g‘olibi.

“Eng yaxshi kitobxon maktab” tanlovining sovrindori.

“Project menegment” kursi bitiruvchisi.

2024-yilgi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovida “Fangar” innovatsion loyihasi bilan ishtirok etgan hamda respublika bosqichi g‘olibi.

Analitik jurnalistikaga oid trening ma’ruzachisi.

“Sun’iy intellekt kelajagi va global integratsiya” mavzusidagi xalqaro konferensiyasi ishtirokchisi.

50 dan ortiq xalqaro va mahalliy tadbir, tanlov va konferensiyalar ishtirokchisi.

“Yoshlar ovozi” gazetasining 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tanlovda rag‘batlantiruvchi nominatsiya g‘olibi.
Bugungi kunda 10 dan ortiq ilmiy va publististik maqolalar muallifi.