OpenAI kompaniyasining “GPT-4 Turbo” modeli taqdimoti bo’lib o’tdi

Cover Image for OpenAI kompaniyasining “GPT-4 Turbo” modeli taqdimoti bo’lib o’tdi

OpenAI kompaniyasining yangi taqdimoti bo’lib o’tdi. Unda dunyodagi eng kuchli sun’iy intellektning yangi versiyasi “GPT-4 Turbo” modelining yangi imkoniyatlari taqdim qilindi. Ta’kidlash joizki, yangi model bir qancha yo’nalishlarni o’z ichiga qamrab oladi. Xususan, endi model 2021-yilgacha bo’lgan ma’lumotlarnigina emas balki, 2023-yil apreliga qadar bo’lgan voqea va manbalardan foydalana oladi.

— Yangi GPT-4 Turbo modeli taqdim etildi, u hamma narsada GPT-4 dan yaxshiroq va tezroq;

— Endi barcha ChatGPT modellari bitta chatda bo’ladi, neyron tarmoqning o’zi so’rovingizga qarab modelni tanlaydi;

— GPTs’lar namoyish etildi – ya’ni ma’lum bir vazifaga moslashtirilgan shaxsiy SI yordamchilari. Bundan tashqari, ularni to’g’ridan-to’g’ri ChatGPT bilan suhbat vaqtida kodlashni bilmay turib yaratish mumkin. Funksiya shu hafta davomida ishga tushadi;

— GPT-store, bu yerda siz o’zingizning ma’lum bir vazifaga sozlangan GPT botingizni yuklashingiz va boshqalarnikidan foydalanishingiz mumkin;

— Endi model 2021-yilgacha bo’lgan ma’lumotlarni emas, 2023-yil apreliga qadar bo’lgan voqea va ma’lumotlarni biladi;

— Yetmaganiga bularning barchasini ovoz bilan boshqarish mumkin va u hatto javoblarni ham ovozli formatda qaytara oladi. Jarvis’ni eslatmayaptimi?