So’ngi yillarda inson hamda robot o’rtasidagi muloqot yangi bosqichga ko’tarildi. Zaruriy ma’lumot va tavsiyalar olish uchun insonlar doimiy ravishda neyron tarmoqlardan foydalanmoqda.
Olimlar jamoasi “Tyuring” test jarayonlari davomida 1960-yilda ishlab chiqarilgan Eliza hamda “GPT-3.5” va “GPT-4” modellaridan foydalandi. Besh daqiqa davom etgan muloqotda insonlar va neyron tarmoq turli sohalarga oid mavzularda suhbatlashdi.
500 kishi ishtirok etgan ushbu sinov mashg’ulotlari natijasiga ko’ra, qatnashchilarning 54 foizi “GPT-4”, 22 foizi “Eliza” hamda 50 foizi “GPT-3.5” modelini inson deb, baholadi.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, “Tyuring” testi 1950-yilda kompyutershunos olim Alan Tyurin tomonidan birinchi marta “taqlid o’yini” sifatida taklif qilingan bo’lib, u mashina va inson aql-idroki o’rtasidagi o’zaro o’xshash va farqli jihatlarni aniqlaydi.