Advanced Photon Source olimlari rentgen maʼlumotlarini tezroq va aniqroq tahlil qilish yoʻllarini oʻrganishda va “TomocuPy” deb nomlangan yangi dasturiy ta’minot 30 baravar tezroq amalga oshirishini aniqladi. Bu haqida “Journal of Synchrotron Radiation” ilmiy nashrida izlanishlar natijasi e’lon qilindi.
“TomocuPy” deb nomlangan dasturiy ta’minot majmuasi olimlarning tomografiya ma’lumotlari uchun foydalanadigan hozirgi zamonaviy vositalarga asoslanadi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, “TomocuPy” uchun ishlatiladigan GPUlar ko’pincha sun’iy intellekt ilovalari uchun mo’ljallangan va ularni mashina o’rganish algoritmlari bilan ishlashga moslashtirish mumkin.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, mazkur dasturiy ta’minotni superkompyuterda ishga tushirish orqali bir oygacha davom etadigan ishlarni bir kunda bajarish imkoniyati mavjud bo’ladi.