Noyob kasalliklarning davolash usulini aniqlaydigan sun’iy intellekt modeli yaratildi

Cover Image for Noyob kasalliklarning davolash usulini aniqlaydigan sun’iy intellekt modeli yaratildi

Bugungi kunda dunyo bo’ylab 7 000 dan ortiq noyob va davosi aniqlanmagan kasalliklar mavjud. “The Lancet Global Health” jurnalining xabar berishicha, turli dori-darmonlar yordamida noyob kasalliklarning davolash usulini aniqlaydigan sun’iy intellekt modeli ishlab chiqildi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, “TXGNN” deb, nomlangan ushbu model sinov davomida 8 000 ga yaqin dorilar yordamida 17 080 ta kasalliklarning davolash usulini aniqlashga muvaffaq bo’ldi.

Ma’lumot uchun ta’kidlash joizki, dunyo bo’ylab taxminan 300 million insonlar noyob kasallikka chalingan bo’lib, ulardan 70 % ni bolalar tashkil etadi.