Morfing robotlarining yangi avlodi yaratildi

Cover Image for Morfing robotlarining yangi avlodi yaratildi

Kolorado shtat universiteti tadqiqotchilari notekis yerlarda emaklash, siljish va suzish xususiyatiga ega robotlar triosini ishlab chiqdi.

“Morfing” deb nomlangan mazkur robot to’rt oyoqdan tashkil topgan. Shuningdek, u quruqlikda harakatlanish hamda suvda suzish jarayonida oyoq shakli va holatini o’zgartira oladi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu robot qurbaqadan ilhomlanib yaratilgan bo’lib, uning barcha harakatlarini takrorlay oladi. Hozirda tadqiqot guruhi robotga navigatsiya tizimi hamda sensorli panel o’rnatish ustida ish olib bormoqda.