“Neuralink” tadqiqotchilar jamoasi Apple qurilmalari uchun miya implanti o’rnatilgan insonlarga smartfon yoki planshetni boshqarish imkonini beruvchi ilova yaratish ustida ish olib bormoqda.
Tadqiqotchilarning so’zlariga ko’ra, dastlab texnologiya kompyuterda sinovdan o’tkazildi. Xususan, ilova miya signallarini qabul qilish natijasida ekrandagi kursorni boshqardi.
Ma’lumot uchun, dunyodagi birinchi Neuralink chipi o’rnatilgan ameraklik bemor Nolan Arbo tizim orqali yozish ko’nikmasini o’rganayotganini ma’lum qildi.