Butun dunyo mamlakatlarida meva mahsulotlarini saqlash va sifatini aniqlashda muammolar mavjud va ularning uchdan bir qismi noto’g’ri saqlash sharoiti tufayli chiqindiga tashlanadi. Tadqiqotchilar ushbu muammoni oldini olishga qaratilgan texnologiyani namoyish etdi.
Prinston universiteti va Microsoft Research tadqiqotchilari guruhi yuqori chastotali simsiz texnologiyadan foydalangan holda meva sifatini aniqlaydigan texnologiyani ishlab chiqdi.
Mazkur texnologiya meva xususiyatlarini tahlil qilgan holda uning pishganligi va iste’molga yaroqliligi haqida signal beradi. Ushbu texnologiya meva mahsulotlarining chiqindilarga tashlashini oldini oladi shuningdek, ekologiyaga bo’lgan zararni kamaytiradi.
Ta’kidlash joizki, yangi texnologiya dastlabki sinov mashg’ulotlaridan muvaffaqiyatli o’tdi, hozirda tadqiqotchilar simsiz tizimlar, 6G standartlari ustida ish olib bormoqda.