Meta kompaniyasi Apple yoki Android dasturiy ta’minotida foydalaniladigan smartfonlar uchun mo‘ljallangan hamda Apple va Google ilovalari onlayn do‘konlarida mavjud bo‘lgan 400 dan ortiq “zararli” ilovalarni aniqladi, dedi tahdidlarni aniqlash bo‘yicha direktor Devid Agranovich.
Ushbu ilovalar Google Play do‘konida va Apple App Store do‘konida ro‘yxatga olingan va foydalanuvchilarni aldab yuklab olishlari uchun surat muharrirlari, o‘yinlar, VPN xizmatlari, biznes ilovalari va boshqa yordamchi dasturlar sifatida joylashtirilgan.
Meta xavfsizlik guruhining ma’lumotlariga ko’ra, ilovalardan foydalanuvchi shaxsdan Facebook hisob ma’lumotlari bilan tizimga kirishni so’raydi. Natijada, foydalanuvchi akkauntini qo’lga kiritadi.