“Mehnat huquqida sun’iy intellektning kelajagi” mavzusida xalqaro davra suhbati o’tkazildi

Cover Image for “Mehnat huquqida sun’iy intellektning kelajagi” mavzusida xalqaro davra suhbati o’tkazildi

Kuni kecha Toshkent davlat yuridik universiteti va Anqaraning Yildirim Boyazid universiteti bilan hamkorlikda “Mehnat huquqida sun’iy intellektning kelajagi” mavzusida xalqaro davra suhbati bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda TDYU rektori, yuridik fanlari doktori, professor Islambek Rustambekov, Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori, professor Ali Chengiz Koseoglu va bir qator soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Xususan, davra suhbatida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bosh yuristkonsulti, yuridik fanlari nomzodi Laviza Isxakova ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. Shuningdek, ma’ruzasi davomida mamlakatimizda sun’iy intellektni rivojlantirish va qo‘llashning huquqiy va tashkiliy asoslarini yaratishga doir islohotlarning bugungi natijalari hamda mazkur sohani tartibga solish masalalari bo’yicha qator ishlar amalga oshirilayotganligi haqida so’zladi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar sun’iy intellekt texnologiyalaridan ishchi kuchi sifatida foydalanish imkoniyatlari hamda huquqiy tartibga solish masalalari bo’yicha mamlakatimiz qonunchiligini takomillashtirish xususida qo’yilgan vazifalarni muhokama qildi.