Mashinani o’rganish chekishni tashlashga yordam beradigan dorilarni aniqlashga yordam beradi

Cover Image for Mashinani o’rganish chekishni tashlashga yordam beradigan dorilarni aniqlashga yordam beradi

Penn State tibbiyot kolleji va Minnesota universiteti tadqiqotchilari tomonidan o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, shamollash va grippdan kelib chiqqan yo’talni davolashda ishlatiladigan dekstrometorfan kabi dorilar insonlarga chekishni tashlashga yordam berish uchun qayta ishlatilishi mumkinligi aniqlandi.

Olimlar ushbu tadqiqot xulosasini olishda mashinani o’rganish usuliga tayangan holda kompyuter dasturlari ma’lumotlar to’plamini tahlil etib ijobiy natijaga erishdi deya xabar berdi “medicalxpress.com” sayti o’zining rasmiy sahifasida.

Tadqiqot jarayonida tajriba-sinov ishlartida 1,3 milliondan ortiq insonlarning genetik ma’lumotlaridan foydalangan holda chekish xatti-harakatlari bilan bog’liq bo’lgan 400 dan ortiq genlarni aniqladilar.

Ma’lumot o’rnida mazkur mashinani o’rganish modellari giyohvand moddalarni iste’mol qilish xavfi ostida bo’lgan shaxslarni aniqlashi hamda ularni davolanish uchun mo’ljallangan potentsial biologik yo’llarni aniqlashda yordam beradi.