Jorj Meyson universiteti biznes maktabining Axborot tizimlari va operatsiyalarni boshqarish bo’limi dotsenti Abhishek Rey “odam savdosi”ga qarshi kurashishda foydalanish uchun mo’ljallangan mashina o’rganish tizimini yanada takomillashtirdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, tadqiqotchilar takomillashtirilgan modelni dengiz mahsulotlari sanoatida hamda Hindiston-Nepal chegarasidagi tranzit stansiyada sinovdan o’tkazdi.
Mashina o’rganish modeli sun’iy yo’ldosh orqali baliqchi kemalarni hamda chegara yaqinidagi holtlar haqida noqonuniy harakatlar aks etgan ma’lumotlar to’plamini odam savdosiga qarshi kurashish tashkilotlariga yetkazib berdi. Natijada, bir qancha jinoyatchilikni oldi olindi deya xabar berdi “Techxplore.com” sayti.