Drexel universiteti, Boston universiteti, Jorjiya texnologiya instituti va Vanderbilt universiteti tadqiqotchilar guruhi yaqinda xavfli suhbatlarni aniqlash uchun mashina o’rganish modellarini ishlab chiqdi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, mazkur modellarni ishlab chiqishdan maqsad bugungi kunda AQSHda 13-21yoshgacha bo’lgan yoshlar uchun mo’ljallangan internet platformalari uchundir. Chunki ushbu yosh oralig’ida instagram foydalanuvchilari turli xil tahdidlar qurboni bo’lmoqda. Misol uchun ruhiy bosim ostida o’z joniga qasd qilish holatlari shular jumlasindan.
Olimlar tajriba jarayonida 13-21 yoshdagi 172 Instagram foydalanuvchisining 17 000 dan ortiq shaxsiy chatlarini toʻplashdi. Xususan, 3300 ta suhbat “xavfsiz” deb belgilandi va qo’shimcha ravishda beshta xavf toifasidan biriga ajratildi: ta’qib, jinsiy xabar/taklif, yalang’ochlik/porno, nafratli nutq va sotish yoki noqonuniy faoliyatni targ’ib qilish.
Ma’lumotlarga ko’ra, ushbu tizim avtomatlashtirilgan, ya’ni mashinani o’rganish tizmiga asoslangan holda kelajakda onlayn xavf-xatarlarni aniqlashda imkon beradigan birinchi qadamdir.