“Markaziy Osiyo internet boshqaruv (CAIGF) 2024” forumi bo‘lib o‘tdi

Cover Image for “Markaziy Osiyo internet boshqaruv (CAIGF) 2024” forumi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Markaziy Osiyo internet boshqaruv (CAIGF) 2024” forumi doirasida “Mintaqadagi ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun raqamli tashabbuslar: inklyuzivlik, barqarorlik, samaradorlik” mavzusidagi xalqaro forum bo’lib o’tdi.

Ushbu forum doirasida:

Aziza Shuzheeva – Raqamli Transformatsiya Jamg’armasi prezidenti, NPO TechnoWomen hammuassisi va boshqaruv raisi;

Mishel Rogi – Jahon bankining Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika uchun raqamli rivojlanish amaliyoti rahbari;

Sergey Sokolov -“TikTok” kompaniyasining Sharqiy Yevropadagi hukumat va korporativ aloqalar bo‘yicha direktori;

Sardor Qodirov – “Yandex” kompaniyasining mintaqaviy direktori;

Baxrom Radjabov – YUNESKOning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbarlari ishtirok etib, nutq so’zladi.

Shuningdek, forumda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ham faol ishtirok etdi.

Forum davomida raqamli infratuzilmani samarali rivojlantirish hamda uni modernizatsiya qilish, mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot o’rnida, “Markaziy Osiyo internet boshqaruv (CAIGF) 2024” forumi Markaziy Osiyo uchun muhim voqea bo‘lib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilaydi. Forum innovatsion yechimlarni muhokama qilish va qo‘shma strategiyalarni ishlab chiqish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etdi, bu esa raqamli texnologiyalar davrida mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash va barqaror o‘sishni ta’minlashga qaratilgan.