Janubiy Koreyaning DeepBrain AI kompaniyasi vafot etgan insonlar bilan videoaloqa orqali muloqot qilish imkonini beruvchi Re;memory texnologiyasini ishlab chiqdi.
Mazkur qurilma orqali, marhumning ijtimoiy tarmoqlaridagi fotosuratlari hamda videolari orqali uning raqamli nusxasini shakllantirib qarindoshlari bilan qisqa vaqt davomida muloqot qiladi.
Ta’kidlanishicha, «O’zga olam bilan uchrashuv» maxsus xonada bo’lib o’tadi. Ushbu xonada 400 dyuymli ekran va yuqori sifatli ovoz uskunalari o’rnatilgan bo’lib, bu jonli effektini beradi. Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, ushbu qurilma yordamida inson tirikligida o’zining raqamli nusxasini shakllantirib qo’yishi ham mumkin.