Bugungi kunda “lityum-ion” batareyalar elektron qurilmalar va elektr yordamida harakatlanadigan transportlar uchun sanoat standarti darajasiga yetdi. Mazkur tadqiqot ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish yo’lidagi yechimlardan biri bo’lishi kutilmoqda.
Tinch okeani shimoli-g‘arbiy milliy laboratoriyasi tadqiqotchilari litiyni kam ishlatgan holda akkumulyator ishlab chiqarish uchun sun’iy intellektdan foydalanishdi.
Tadqiqot guruhi sun’iy intellekt ishlab chiqqan dasturga asosan ish jarayonini tashkil qilib, litiyni kam ishlatgan holda akkumulyator ishlab chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Hozirda tadqiqot guruhi ushbu yondashuvni yanada takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.