“Laminar.AI” — bu sun’iy intellekt ilovalarini yaratish va uning kuzatish jarayonini soddalashtirish uchun ishlab chiqilgan innovatsion platforma. U quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
Model tahlili va kuzatuvi: Laminar yordamida SI modellarining ishlashini kuzatib borish va ularni tahlil qilish yanada osonlashadi.
Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash: Platforma katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish, ularga ishlov berish va tahlil qilish uchun mo’ljallangan vositalarni o’z ichiga oladi.
Bir nechta dasturlash tilida ishlash imkoniyati: TypeScript va Python tillarida ishlovchi dasturchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlar mavjud.
Qulay kuzatuv mexanizmlari: Platformada dasturiy xatolarni tez fursatda aniqlash va tuzatish imkoniyati mavjud.
“Laminar.AI” sohasidagi tadqiqotchilar va dasturchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, sun’iy intellekt modellarini yaratish, sinovdan o’tkazish va ulardan samarali foydalanishni sezilarli darajada yengillashtiradi.
Abdurahmonov Zayniddin tayyorladi.