Raqamli texnologiyalar vazirligining IT ta’lim uyushmasi qoshida tashkil etilgan “IT Ladies” hamjamiyati tomonidan qizlar o’rtasida o’tkazilgan “IT Star ” tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Movludaxon Nugmanova “The Queen of Networking” yo’nalishida g’oliblikni qo’lga kiritib, tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Ma’lumot o’rnida, “IT Star” tanloviga respublikamizning turli hududlaridan 700 dan ortiq arizalar kelib tushgan hamda tanlov natijalariga ko’ra g’oliblar jami 46 ta nominatsiya bo’yicha taqdirlandi.
Hamkasbimizni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz va kelgusi kasbiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Choriyeva Charos tayyorladi.