Isroillik tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellektga asoslangan robotlar oziq-ovqat savdo markazlarida turli xil narsalarni ehtiyotkorlik bilan ushlashi va qadoqlashi hattoki sifatli va tezkor xizmat ko’rsatishi mumkin.
Bu haqida “Techxplore.com” sayti o’zining rasmiy sahifasida xabar berdi. Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur robot xizmat ko’rsatishi bilan birgan tezkor pochta vazifasini o’taydi. Xususan, buyurtma qilingan mahsulotni tezkorlikda yetkazib berishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, ushbu robotlar tez orada Braziliyadagi spirtli ichimliklar do’koni, Germaniyadagi minimarketlar va Janubiy Afrikadagi uyali telefon kompaniyasida o’z faoliyatini boshlaydi.