Institut xodimlari “VEON AdTech” kompaniyasining sun’iy intellekt sohasidagi yangi ishlanmalariga bag’ishlangan taqdimotida ishtirok etdilar

Cover Image for Institut xodimlari “VEON AdTech” kompaniyasining sun’iy intellekt sohasidagi yangi ishlanmalariga bag’ishlangan taqdimotida ishtirok etdilar

Bugun poytaxtimizdagi “Platform Businness Center” binosida hamkor tashkilot “VEON AdTech” kompaniyasining sun’iy intellekt sohasidagi yangi ishlanmalariga bag’ishlangan taqdimot bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutidan bir guruh mutaxassislar, tadqiqotchilar hamda jurnalistlar faol ishtirok etdi.

Taqdimotni tashkil qilishdan maqsad kompaniyaning raqamli texnologiyalarga ixtisoslashgan tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda sun’iy intellekt sohasida eng yangi ishlanmalar bilan ishtirokchilarni yaqindan tanishtirishdan iborat.

Tadbir yakunida ishtrokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasida sun’iy intellektni qo’llashga doir bilim-ko’nikmalarga ega bo’ldi.