Insonlarning sog’lig’ini nazorat qiluvchi moslama yaratildi

Cover Image for Insonlarning sog’lig’ini nazorat qiluvchi moslama yaratildi

Karnegi Mellon universiteti tadqiqotchilari tomonidan inson tana harorati bilan ishlaydigan sog’liqni nazorat qiluvchi moslama ishlab chiqildi.

“Advanced Functional Materials” jurnalining xabar berishicha ushbu moslama moslashuvchan, cho’ziluvchan, kiyiladigan termoelektrik energiya generatori bilan birlashtirilgan yarimo’tkazgichlar hamda 3D printerda yaratilgan kauchukdan iborat.

Tadqiqotchi Meyson Zadanning so’zlariga ko’ra, mazkur moslama faqat tana issiqligi yordamida quvvatlanadi hamda u insonlardagi glyukozani kuzatish, titroqlarni kamaytirish va yurak faoliyatini kuzatishi mumkin.

Shuningdek, ushbu tadqiqot Arieca Inc, Vashington hamda Seul Milliy universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.