Insonlarga tashxis qo’yadigan shifokor robot yaratildi

Cover Image for Insonlarga tashxis qo’yadigan shifokor robot yaratildi

Myunxen Robototexnika va Mashina Razvedka Institutining bir guruh tadqiqotchilari tomonidan shifokor robot yaratdi. Ushbu robot insonlarning salomatligini nazorat qiladi hamda shifokorlarga yordamchi vazifasini bajaradi.

Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, mazkur “Garmi” deb nomlangan robot hattoki, uy yumushlarida yoshi katta insonlarga yordamchi vazifasini o’taydi. Shuningdek, ushubu robot xizmat ko’rsatish bilan birga favqulodda vaziyatlarda video qo’ng’iroqlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega.