Tsinghua universiteti tadqiqotchilari yong’in sodir bo’lgan joylarni aniqlashda inson va sun’iy intellekt hamkorligini yo’lga qo’yish yuzasidan tajriba-sinov ishlarini muvoffaqiyatli o’tkazdi. Ushbu tadqiqot natijalari “Journal of Social Computing” jurnalida chop etildi.
➡️Aslida muammo nimada?
Ma’lumki, shu vaqtga qadar yong’in sodir bo’lgan hududlarni aniqlashda SI tizmiga asoslangan robotlardan foydalanilgan. Ammo, turli xil vaziyatlarda qutqaruv operatsiyasini amalga oshirish jarayonida ko’plab noaniqliklar yuzaga kelgan. Natijada yong’in o’z vaqtida bartaraf etilmagan.
Xususan, tadqiqotchilar mazkur muammoni oldini olishda inson va SI tizimi imkoniyatlarining birlashtirilishi kelajakda boshqa sohalarda ham samarali natija berishiga ishonadi.