Ulsan milliy fan va texnologiya instituti materialshunoslik va muhandislik bo‘limi tadqiqotchilari tomonidan inson his-tuyg‘ularini farqlay oladigan texnologiya ishlab chiqildi.
Mazkur texnologiya ikki tomonlama triboelektrik kuchlanish va tebranish sensoriga ega bo’lib, tizim simsiz ma’lumotlarni uzatish uchun qayta ishlash sxemasi bilan to’liq integratsiyalashgan.
Shuningdek, mashinani o’rganish algoritmlaridan foydalanib yaratilgan ushbu texnologiya yordamida niqobli insonlarning hissiyotlarini aniqlash mumkin.
Ta’kidlash joizki, tizim ma’lumotlarni aniqlash uchun tashqi quvvat manbai yoki murakkab o’lchash moslamalarini talab qilmaydi.