Ilon Mask inson miyasiga chip joylashtirmoqchi

Cover Image for Ilon Mask inson miyasiga chip joylashtirmoqchi

Ilon Mask oʻzining “Neuralink” kompaniyasi tomonida ishlab chiqarilgan odamlar va mashinalarni ulash uchun moʻljallangan qurilmasini shu yil oxiriga qadar inson miyasida sinab koʻrishi mumkinligini eʼlon qildi.

Ushbu qurilmaning cheksiz quvvatga egaligini va hatto odamlarning sunʼiy intellekt bilan raqobatlashishiga imkon berishi mumkinligini aytib o’tgan edi. Qayd etilishicha, ushbu chip yordamida ruhiy kasalliklarga qarshi kurashish, giyohvandlik, depressiya va shunga oʻxshash kasalliklarni oson yengish mumkin.

Chipning yana bir imkoniyati shundaki, u yordamida xotiralaringizni yozib olib boshqa tana yoki robot tanasiga qayta yuklab olish mumkin.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, “Neuralink” chipi allaqachon maymun miyasiga joylashtirilgan. Natijada, bosh suyagiga simsiz implantatsiya qilingan maymun video oʻyinlar oʻynay boshladi.