“The Wall Street Journal” nashri xabariga ko’ra, Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasidan miyaga chip o’rnatish tajribasini o’tkazish uchun ikkinchi marotaba ruxsat oldi.
Maskning ta’kidlashicha, bu kibernetik miya implanti bo’lib, “Telepatiya” yordamida gadjetlarni faqat fikrlash orqali boshqaradi. Shuningdek, sinov jarayonlari muvaffaqiyatli o’tishi uchun chipni bemor miyasining motor korteksiga chuqurroq joylashtirish ko’zda tutilgan.
Ma’lumot o’rnida, ta’kidlash joizki, joriy yilning dastlabki choragida Mask ilk marotaba inson miyasida “Neuralink” chipini sinovdan o’tkazgan edi. 2024-yilning oxirigacha kompaniya qurilmalarni yana 10 nafar insonda implantatsiya qilishni maqsad qilgan.
Normo’minova Sevinch tayyorladi.