Bugun poytaxtimizda joylashgan CAEx majmuasida “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligi doirasida ‘‘ICT EXPO‘‘ ko’rgazmasi o’z ishini boshladi.
Tadbirda vazirlik va idoralar, xorijiy tashkilot vakillari, tadbir hamkorlari Invest Qatar, DataVolt, UZUM, ZTE, Huawei, IT Park vakillari ishtirok etib, turli mavzularda chiqishlar qildi.
Xususan, tadbirning birinchi kunida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ham faol ishtirok etib, Institut faoliyatiga oid ko’rgazmali materiallarni namoyish etdi.
Ta’kidlash joizki, AKT haftaligi doirasida startaplar, autsorsing va investitsiya uchun eng yirik maydon, venchur dasturlar, BPO, elektron tijorat, sun’iy intellekt, IT yechim provayderlari, raqamlashtirish va davlat xizmatlari, IT investitsiya imkoniyatlari, davlat-xususiy sheriklik, IT ta’lim, AKT sohasida biznes hamkorlikni mustahkamlash kabi mavzularda 20 ga yaqin yirik forum va sammitlar bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot o’rnida, forumda qatnashish uchun 21-sentabrga qadar 4 kun davomida shaharning 5 ta manzilida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.






