“Hexapod” robotining imkoniyatlari kengaytirildi

Cover Image for “Hexapod” robotining imkoniyatlari kengaytirildi

Turli muhitlarda harakatlanish uchun mo’ljallangan robotlarning keng tarqalgan turlaridan biri “Hexapod” olti oyoqli roboti hisoblanadi. Ularning tuzilishi ko’pincha hayvonlardan ilhomlanib yaratilgan bo’lib, o’rmonlar va murakkab muhitlarni kuzatish hamda tabiiy ofatlarda qidiruv vazifasini bajarish imkoniyatiga ega.

High Applied Science and technology instituti tadqiqotchilari tomonidan “Hexapod” robotining imkoniyatlari kengaytirildi.

Tadqiqotchi Kifah Helalning fikricha, jamoa “Hexapod”ning har bir oyog’iga alohida ritmik signal bilan boshqariladigan “CPG” neyronlarini qo’lladi. Bu esa, robotlarga insonlar va hayvonlar kabi suzish, yurish hamda yugurish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, Kifah Helal va uning jamoasi ushbu robotni tez orada sinovdan o’tkazishni rejalashtirmoqda.