Delft texnologiya universiteti tadqiqotchilari tomonidan jonivorlar miyasining ishlash tizimidan ilhomlanib yaratilgan dron namoyish qilindi.
Mazkur dronlardagi neyron tarmog’i parvoz davomida kam energiya sarflab, oddiy dronlarga nisbatan ma’lumotlarni tezkorlik bilan qayta ishlaydi. Shuningdek, dronga o’rnatilgan kichik neyromorfik protsessori, uni hasharot va qushlar kabi chaqqon hamda aqlli bo’lishini ta’minlaydi.
Ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar ushbu dronlarga navigatsiya tizimini qo’shish orqali ularni yanada takomillashtirishni maqsad qilgan.
Abduraimova Mohina tayyorladi.