O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan muhandis, texnika fanlari doktori, professor Z.M.Salixov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya doirasida, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va Buxoro davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⚡️Ushbu kelishuv raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida bilim va tajribani oshirish, yangi innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, kadrlar almashish jarayonini yo’lga qo’yish, raqamli transformatsiya jarayonida birgalikda yangi yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan.
✅ Ta’kidlash joizki, mazkur hamkorlik memorandumi tomonlarning kelgusidagi faoliyatini yanada mustahkamlashga va yangi imkoniyatlarni ochishga xizmat qiladi.




