Hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Cover Image for Hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot institutiga Koreys tili milliy instituti, Til tadqiqotlari departamenti direktori Jung Xevon va uning jamoasi tashrif buyurdi.

Dastlab, vakillar “Korean-Uzbek Parallel Corpus” loyihasining bugungi kundagi holati hamda hamkor davlatlar bilan amalga oshirilayotgan qo’shma loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad koreys va o’zbek tilidagi muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida ikkita til o’rtasidagi istiqbolli tarjimon kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.

Yig‘ilish yakunida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida loyihani amaliy ishlab chiqish hamda uni amaliyotga joriy etish bo’yicha muzokaralar davom etishi rejalashtirildi.