Grafen va kristall yordamida yaratilgan yumshoq robot qo’l namoyish qilindi

Cover Image for Grafen va kristall yordamida yaratilgan yumshoq robot qo’l namoyish qilindi

Eyndxoven Texnologiya universiteti tadqiqotchilari suyuq kristallardan tayyorlangan yumshoq robot qo’l loyihasini namoyish etdi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun jamoa grafen bilan birga boshqa turdagi deformatsiyalanadigan materialdan hamda suyuq kristallardan foydalandi. E’tiborli jihati shundaki, suyuq kristallar va grafenga oid tadqiqotlar so’nggi 30 yil ichida Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan.

Xususan, tadqiqotchilar grafen asosidagi deformatsiyaga uchragan LCN aktuatorlari yordamida boshqariladigan to‘rt barmoqli qurilmani ishlab chiqdi. Mazkur aktuator 15 voltdan past bo’lgan kuchlanishda ishlaydi hamda og’irligi 70 dan 100 milligrammgacha bo’lgan kichik narsalarni ko’taradi.

Tadqiqot guruhi ushbu robot jarrohlik amaliyotlarining sifatini oshirish va xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamoqda. Jamoa kelajakda suyuq-kristalli qatlamni 3D bosib chiqarish yo’li bilan ishlab chiqishni maqsad qilgan.