“GovTech” natijalariga ko‘ra hukumat, davlat xizmatlari sektori va raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bóyicha yurtimiz nechi pog’ona yuqorilagani ma’lum qilindi

Cover Image for “GovTech” natijalariga ko‘ra hukumat, davlat xizmatlari sektori va raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bóyicha yurtimiz nechi pog’ona yuqorilagani ma’lum qilindi

Jahon bankining “GovTech Maturity Index” natijalariga ko‘ra, hukumat va davlat xizmatlari sektori bo‘yicha O‘zbekiston 37 pog‘ona yuqorilab, 198 mamlakat ichida 43-o‘rinni egalladi va raqamli transformatsiya sohasida yetakchi mamlakatlarning “A” guruhiga kirdi.

Shuningdek, “GovTech Enablers” indeksining statistikasiga ko‘ra, raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bo‘yicha mamlakatimiz dunyoda 4-o‘rinni egallab turibdi. Ushbu kórsatkich 2020-yilga nisbatan 65 pog‘ona yuqorilagan.

Ma’lumot uchun: Indeks to‘rtta ko‘rsatkich ma’lumotlariga asoslanadi:

  1. Davlat tizimlari indeksi.
  2. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish indeksi.
  3. Fuqarolar ishtiroki indeksi.
  4. The GovTech Enablers indeksi.