Google muhandislar jamoasi MusicLM deb nomlangan zamonaviy musiqa SI tizimini namoyish etdi deya xabar berdi Techxplore.com sayti.
Mazkur tizim kompozisiyani yangi darajaga olib chiqdi hamda kompyuterlar tomonidan ishlab chiqarilgan qo’shiqlarda aniqlikni yanada oshirdi.
Tajriba-sinov ishlarida san’atkorlar tomonidan ijro etilgan 28 000 soatlik qo’shiqlar SI tizimi orqali tahlil qilindi. Natijada, tizim tomonidan yaratilgan musiqaning taxminan 1% to’g’ridan-to’g’ri inson ijrochisidan ko’chirilgani ma’lum bo’ldi. Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, ma’lum musiqa asboblari yoki ma’lum bir janr uchun so’rovlarni qabul qiladi va musiqani mukammalashtiradi.