Google kompaniyasi tadqiqotchilari sun’iy intellekt yordam ishlaydigan bir nechta modellarning yangilangan versiyasini taqdim etdi. Ular qatorida Gemini oilasiga mansub “Gemini 1.5 Flash” va “Project Astra” tizimlari bo’yicha tadqiqotlar o’rin olgan.
Endilikda “Gemini 1.5 Flash” yordamida chat ilovalari, tasvir va videolar uchun matn yozish, hujjat va jadvallardagi ma’lumotlarni olish kabi vazifalarni tezroq bajarish mumkin.
Xususan, yangi versiya foydalanuvchilarning savollariga aniq javob beradi. Tadqiqot guruhi modelning insonlar bilan muloqotini yaxshilash maqsadida kontekst oynasini 2 millionga yaqin token bilan kengaytirdi.
Ma’lumot o’rnida, tadqiqot guruhi ushbu modelni yanada takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.
Umida Abdusattorova tayyorladi.