Bloomberg Intelligence mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, generativ sun’iy intellekt bozorining daromadlari 2032-yilga borib 1,3 trillion dollargacha oshishi mumkin. Bu ko’rsatkich 2022-yilda 40 milliard dollarlik foyda keltirgan ushbu bozor hajmidan 32 baravar ko’pdir.
Bloomberg kompanyasi mutaxassislarining taxminiga ko’ra, sun’iy intellektni o’qitish infratuzilmasining bozori 2032-yilga borib taxminan 247 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin. Hisobotda aytilishicha, bu vaqtga kelib raqamli reklamadan tushgan daromad 192 milliard dollarga, sun’iy intellekt serverlari daromadi esa 134 milliard dollarga yetishi mumkin.
Tadqiqotchilarning so’zlariga ko’ra, generativ sun’iy intellekt sektori 10 yil ichida portlovchi o’sishni boshdan kechiradi, bu esa texnologiya sektori ish uslubini tubdan o’zgartirishi mumkin.