Fikrlarni nutqqa aylantiruvchi neyrochip muvaffaqiyatli implantatsiya qilindi

Cover Image for Fikrlarni nutqqa aylantiruvchi neyrochip muvaffaqiyatli implantatsiya qilindi

Kaliforniyaning Devis Sog’liqni saqlash universiteti tadqiqotchilari tomonidan inson miyasiga chip o’rnatish orqali nutqni tiklash amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur tizim real vaqt rejimida miya signallarini matnga dekodlaydi va ekrandagi so’zlar inson ovozida kompyuter tomonidan talaffuz qilinadi.

Xususan, jamoa ushbu chipni harakatlanish imkoniyati cheklangan 45 yoshli Keysi Xarrelda sinovdan o’tkazdi. Natijada bemorda o’rnatilgan chip fikrlarni nutqqa aylantirib, 97 foiz aniqlikni qayd etdi.

Ma’lumot o’rnida, bemorlarning fikrlarini dekodlash uchun tizimga 125 000 so’z o’qitilgan. Jamoa kelgusida tizimni yanada takomillashtirishni maqsad qilgan.