
Kuni kecha Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida “Yong’in xavfsizligi” oyligi doirasida tadbir tashkil qilindi.
Tadbir davomida institut xodimlariga yong’in sodir bo’lgan vaqtda harakatlanish, zarur holatlarda to’g’ri evakuatsiya qilish va ehtiyot choralarini ko’rish bo’yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, yong’in xavfi paydo bo’lganda to’g’ri harakatlanish bo’yicha yo’riqnomalar tarqatildi.

