Endilikda sun’iy intellektga asoslangan uskuna ko’z nurini tekshirish orqali bemorlarga tashxis qo’yadi

Cover Image for Endilikda sun’iy intellektga asoslangan uskuna ko’z nurini tekshirish orqali bemorlarga tashxis qo’yadi

Moorfields Eye Hospital va UCL Oftalmologiya Instituti tadqiqot guruhi tomonidan sun’iy intellekt bilan jihozlangan ko’z tekshiruv uskunasi yaratildi.

“RETFound” deb nomlangan ushbu uskuna qandli diabet , glaukoma, parkinson, yurak xurujlari kabi kasalliklarni aniqlashi mumkin. Shuningdek, u ChatGPT ma’lumotlaridan foydalanib barcha turdagi ko’z kasalliklariga tashxis qo’yadi.

Ta’kidlash joizki, mazkur texnologiya ko’z kasalligi profilaktikasi sohasida dastlabki, SI tizimiga asoslangan uskuna bo’lib, tadqiqotchilar tomonidan o’tkazilgan tajriba jarayonida 154 830 ta ko’z kasalligi bilan murojaat qilgan bemorlarga to’g’ri tashxis qo’ygan.