Vashington universiteti tadqiqotchilari sun’iy intellekt yordamida atrofdagi shovqinlarni avtomatik tarzda aniqlash, boshqarish va filtrlash xususiyatiga ega quloqchinlarni namoyish etdi.
📌 Xususan, tadqiqotchilar bir vaqtning o’zida qushlar ovozi, avtomobil signallari, yig’layotgan chaqaloq va ko’plab tovushlar orqali tizimni sinovdan o’tkazdi. Agar foydalanuvchi ushbu tovushlardan birini yoki bir nechtasini tanlasa tizim avtomatik ravishda ularni filtrlaydi va qolgan barchasini o’chirib tashlaydi.
❗ “Mazkur texnologiya insonning eshitish qobiliyatini oshirish va hayot tarzini yaxshilash hamda aqlli qurilmalar kelajagini yaratish imkoniyatini beradi” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Shyam Gollakota.
Umida Abdusattorova tayyorladi