Stenford universiteti tadqiqotchilari oddiy ko’zoynaklarning linzasida 3D tasvirlarni ko’rsatish uchun gologrammadan foydalangan holda yangi ko’rinishdagi ko’zoynakni ishlab chiqdi.
Mazkur ko’zoynaklar oddiy dizaynga ega bo’lsada, golografiya va sun’iy intellekt yordamida borliqdagi obyektlarni 3D formatda ko’rsata oladi.
“Golografik displeylar uzoq vaqt davomida eng yaxshi 3D texnika hisoblangan, ammo u hech qachon bu kabi katta tijorat yutug’iga erishmagan”, deb ta’kidladi elektrotexnika kafedrasi dotsenti Gordon Vetzshteyn.
Ma’lumot o’rnida, kelgusida tadqiqotchilar ushbu texnologiyadan tibbiyot, ta’lim va mexanika sohalarida foydalanishni maqsad qilgan.
Normo’minova Sevinch tayyorladi.