Kaliforniya texnologiya instituti tadqiqotchilari tomonidan Minecraft yordamida xaritalar yaratish imkoniyatiga ega neyrotarmoq yaratildi.
“Nature Machine Intelligence” jurnalida yozilishicha, tadqiqot guruhi neyron tarmoqlarning bashoratli kodlash algoritmidan foydalanib, fazoviy xaritalarni yaratish imkoniyatiga ega modelni yaratdi (https://techxplore.com/news/2024-07-neural-network-minecraft.html).
Jeyms Gornet boshchiligidagi jamoa Minecraftda daraxt, daryo va g’orlar kabi murakkab elementlarni o’z ichiga olgan ikki muhit yaratdi. Shuningdek, neyrotarmoq joylashuvni aniqlash va manzilni bashorat qilish imkoniyatiga ega bo’ldi.